Bugun
13
O'zbek

"Nyukasl" "Arsenal"ning Gimaraes bo‘yicha taklifini rad etdi

Futbol
3 avgust, 16:03
Hozirda jamoalar muzokaralarni davom ettirmoqda.
"Nyukasl" "Arsenal"ning Gimaraes bo‘yicha taklifini rad etdi
Фото: Getty Images

"Arsenal" va "Nyukasl" yarimhimoyachi Bruno Gimaraes transferi bo‘yicha rasmiy muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "qarg‘alar" braziliyalik 28 yoshli futbolchi bo‘yicha "to‘pchilar"ning ilk taklifini rad etgandi.

Qayd etilishicha, "Arsenal" taklif qilgan summa futbolchi uchun talab qilinayotgan 80 million funtdan ancha past bo‘lgan. Klub futbolchi borasida muzokaralarni to‘xtatgani yo‘q.

Ma'lumot uchun, Gimaraes "Nyukasl" safida barcha turnirlar doirasida 195 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazib, 31 ta gol urg‘an va 32 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nyukasl Nyukasl
  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar