"Nyukasl" chexiyalik futbolchi Lukash Hornichekni o'z safiga qo'shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
24 yoshli posbon Portugaliyaning "Braga" klubidan APLga ko'chib o'tmoqda. Lukash yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi.
"Bu klubga o'tganimdan juda xursandman. Yangi ligada o'zimni ijobiy ko'rsatish uchun ajoyib imkoniyat berildi.
Kelishim bilan meni iliq kutib olishdi. Moslashishim uchun sheriklarim chin dildan yordam berishmoqda va bu men uchun qadrli.
Bilaman, "Nyukasl" buyuk tarixga ega klub. 52 ming muxlis qarshisidagi bahslar atmosferasini his qilish esa shunchaki ajoyib. Ular qarshisida to'p tepishni intiqlik bilan kutyapman", — dedi Hornichek.