Superliga 15-turining markaziy bellashuvida "Dinamo" Samarqandda "Neftchi"ni qabul qildi. O'yinda hisob ochilmadi, - 0:0.
Har ikki jamoada ham gol urish uchun qator vaziyatlar yuzaga kelganiga qaramay, muxlislar stadionni golsiz tark etishdi.
Bu natijadan so'ng "Dinamo" ochkolari sonini 21 taga yetkazib, 9-o'rinni egallagan. "Neftchi" 36 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Superliga. 15-tur
Dinamo – Neftchi 0:0
Dinamo: 1. Edem Nemanov, 3. Mixail Shtefan, 7. Sanjar Qodirqulov, 10. Anvarjon Xojimirzayev (21. Jahongirbek Abdusolomov, 62), 19. Tigran Avanesyan (15. Rasul Yo'ldoshev, 62), 20. Jaloliddin Jumaboev, 25. Oybek O'rmonjonov, 26. Marko Stanoevich, 30. Xaris Xaydarovich (4. Nurillo To'xtasinov, 62), 37. Firdavs Abdurahmonov, 77. Behruzbek Obloqulov.
Neftchi: 1. Botirali Ergashov, 4. Boyan Tsiger, 5. Ikromjon Aliboev, 6. Ibrohimxalil Yo'ldoshev, 8. Vladimir Yovovich (77. Juranij Fransisko Ferreyra, 63), 9. Xurshid G'iyosov, 10. Jamshid Iskandero, 15. Nurmuhammad Abdug'aniev (22. Alisher Odilov, 46), 20. Anvarjon G'ofurov, 32. Zoran Marushich, 34. Farrux Sayfiev.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi