«Vilyarreal» klubi darvozabon Peter Gulachining transferini rasman e'lon qildi.
Vengriyalik 39 yoshli kiper «Leyptsig»dan 2 million yevro evaziga «sariq submarina» safiga qo'shildi. Peter yangi klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Gulachi faoliyatining eng yorqin davrini «buqalar» klubida o'tkazdi. U 11 mavsum davomida jamoa sharafini himoya qilib, barcha musobaqalarda 362 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Shuningdek, tajribali darvozabon turli yillarda «Zaltsburg», «Tranmir Rovers», «Hall Siti» va «Liverpul» klublari safida ham to'p tepgan.
Shuningdek, u Vengriya milliy jamoasi tarkibida 58 ta o'yin o'tkazgan.