"Roma" klubi "Fulhem" hujumchisi Kevinni o‘z safiga qo‘shib olish uchun rasmiy taklif bilan chiqdi. Bu haqda Globo nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ingliz klubi braziliyalik 23 yoshli bo‘yicha bo‘lgan taklifni rad etdi.
Qayd etilishicha, "bo‘rilar" Kevinni sotib olish uchun 50 million yevro taklif qilgan. Shuningdek, taklif tarkibiga kafolatlangan to‘lov hamda turli bonuslar kiritilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Fulhem" Kevinni o‘tgan yili "Shaxtyor" klubidan 45 million yevroga (40 million yevro kafolatlangan mablag‘ va 5 million yevro bonuslar) sotib olgan edi. U Angliya Premer-ligasidagi ilk mavsumida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.