Live
4
O'zbek

Kulierakis «Roma»ga yo‘l oldi

Futbol
1 avgust, 06:30
Kulierakis «Roma»ga yo‘l oldi
Kulierakis «Roma»ga yo‘l oldi
Foto: Getty Images

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, Konstantinos Kulierakis va uning agenti ayni paytda Rimga yo‘l olgan.

«Roma» gretsiyalik markaziy himoyachining transferi bo‘yicha «Volfsburg» bilan to‘liq kelishuvga erishgan.

Kelishuvga ko‘ra, Rim klubi futbolchi uchun 16,5 million yevro kafolatlangan mablag‘ to‘laydi. Yana 1,5 million yevro bonuslar ko‘rinishida nazarda tutilgan. Shuningdek, «Volfsburg» Kulierakisning keyingi transferidan 20 foizlik ulushni saqlab qoladi.

Ma’lumot uchun, 21 yoshli Konstantinos Kulierakis yaqin vaqt ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tib, «Roma» bilan rasmiy shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
Bugungi yangiliklar