«Roma» matbuot xizmati ukrainalik hujumchi Artyom Dovbikning «Bolonya»ga ijara asosida o‘tganini rasman e’lon qildi.
Kelishuvga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi 2026/27 yilgi mavsum yakuniga qadar «Bolonya» safida harakat qiladi.
Dovbik 2024 yil yozida «Jirona»dan 30,5 million yevro evaziga «Roma»ga ko‘chib o‘tgan edi. Uning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Ma’lumot uchun, Artyom Dovbik o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt uni 15 million yevroga baholaydi. «Bolonya» yangi A Seriya mavsumidagi ilk uchrashuvini 24 avgust kuni «Latsio»ga qarshi o‘tkazadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi