"Fulhem" klubi "Real" hujumchisi Gonsalo Garsiya bilan shartnoma imzolaganini rasmiy e'lon qildi.
Qayd etilishicha, London klubi ispaniyalik 22 yoshli futbolchi 2031 yilning yoziga qadar bitim imzoladi. Transfer qiymati 40 million yevroni tashkil etdi. Shuningdek, 2 mln yevro atrofida bonuslar ham kelishuvning ichiga kiritilgan.
Futbolchi "Fulhem" amaldagi kelishuvni yana bir yilga uzaytirish huquqi ham mavjud.
Ma'lumot uchun, Gonsalo "Real" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Alvaro Arbeloa sobiq shogirdi bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qildi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi