Samarqandning «Dinamo» klubi yozgi transfer oynasida jamoa himoyachisi Jahongir O'rozovning transferi bo'yicha Rossiyaning «Rubin»i bilan kelishuvga erishganini ma'lum qildi.
«Dinamo» futbol klubi hamda «Rubin» jamoasi o'rtasida tuzilgan kelishuvga binoan, 22 yoshli Jahongir O'rozov Qozon klubiga sotib olish sharti bilan 2026 yil yakuniga qadar ijaraga berildi. Markaziy himoyachining «Dinamo» PFK bilan kelishuvi 2027 yil yakuniga qadar belgilangan.
O'rozov 2024 yil «Dinamo» safiga qo'shilib, o'tgan uch mavsum davomida 55 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib 1 ta golga mualliflik qildi. U Samarqand klubi safidagi o'yinlari orqali O'zbekiston milliy jamoasidan chaqiruv olib, JCH-2026da Kolumbiya va Kongoga qarshi bahslarda maydonga tushdi.
Jahongir O'rozovning Rossiya Premyer-ligasidagi faoliyatiga omad tilaymiz! — deb yozadi samarqandliklar matbuot xizmati.
«Dinamo» Jahongir O'rozovni «Rubin»ga ijaraga berganini e'lon qildi
Futbol
3 avgust, 09:20
O'zbekiston milliy jamoasi himoyachisi faoliyatini RPLda davom ettiradi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi