«Manchester Siti» vingeri Antuan Semenyo Erling Holandning o‘rnini hujum markazida egallashga tayyorligini ma’lum qildi. Ganalik futbolchi bunday vazifa yuklatilsa, bundan muammo ko‘rmasligini ta’kidladi.
«Holand uchun zaxira hujumchi masalasi muhokama qilinayotganini eshitdim. Bu mish-mishlar qayerdan chiqqanini bilmayman. Agar haqiqatan ham kerak bo‘lsa, u yerda o‘ynashga tayyorman. Bu umuman muammo emas», — dedi Semenyo Mirror nashriga.
26 yoshli vinger ushbu mavsum APLda beshta bahsda maydonga tushib, ikkita gol va uchta assist qayd etdi.
Ma'lumot uchun, «Manchester Siti» APLning dastlabki besh turidan so‘ng 15 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.