«Manchester Yunayted» sobiq hujumchisi Antoni Martial faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda L'Équipe xabar berdi.
30 yoshli fransiyalik futbolchi bilan CSKA va «Krasnodar» muzokara olib bormoqda. Har ikki klub ham hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Biroq Martial uchun kurashda Rossiya klublarining raqobatchilari ham bor. Fransiyalik futbolchiga Ispaniyaning «Malaga» klubi va nomi oshkor qilinmagan yana bir jamoa qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Martialning so‘nggi klubi Meksikaning «Monterrey» jamoasi bo‘lgan. U 2025 yil sentyabr oyidan 2026 yil iyul oyiga qadar ushbu klub sharafini himoya qilgan.
Hujumchi «Monterrey» safida barcha musobaqalar doirasida jami 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 marta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi. Endi futbolchi faoliyatini qayerda davom ettirishi borasida qaror qabul qilishi kutilmoqda.