Bugun
20
O'zbek

«Manchester Yunayted» Girassi nomzodini ko‘rib chiqmoqda

Futbol
21 sentabr, 15:34
Girassi 2024-yilda «asalarilar» safiga o‘tgan.
«Manchester Yunayted» Girassi nomzodini ko‘rib chiqmoqda
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» klubi qishki transfer oynasi oldidan hujum chizig‘ini kuchaytirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

TEAMtalk xabar berishicha, klub skautlari kuzatayotgan futbolchilar orasida «Borussiya Dortmund» hujumchisi Seru Girassi ham bor.

Gvineyalik 30 yoshli forvard anchadan beri «qizil iblislar» e’tiborida. Mankunianliklar uning nomzodini hali 2023-yildayoq ko‘rib chiqqan, ammo yakunda «Atalanta»dan Rasmus Hўylundni o‘z safiga qo‘shib olgan.

Ma’lumot uchun, Girassi 2024-yilda «asalarilar» safiga o‘tgan va jamoa tarkibida yuqori samaradorlik ko‘rsatmoqda. U nemis klubi safida 102 ta uchrashuvda 64 ta gol urgan.

Shu bilan birga, «Borussiya» hozircha asosiy hujumchisidan ayrilishni rejalashtirmayapti. Dortmundliklar Girassiga jamoaning Germaniya chempionligi uchun kurashida muhim futbolchi sifatida qaramoqda.

Bu mavsumda Seru 4 ta uchrashuvda 4 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar