“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Maykl Kerrik APL 5-turidan oʻrin olgan “Fulhem” (1:1) bilan oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
«Menimcha, biz g‘alaba qozonish uchun yetarlicha harakat qildik. Yutishimiz mumkin edi. Avtogol vaziyatida omadimiz kelmadi, ammo umuman olganda yaxshi o‘ynadik. Raqib darvozaboni juda yaxshi seyvlar qildi. Boshqa kuni bizning hisobimizda ikki yoki uchta gol bo‘lishi mumkin edi.
Jamoaning hisobda ortda qolayotganda ko‘rsatgan munosabatidan mamnun bo‘ldim: yigitlar ishonchni saqlab qolishdi va to‘g‘ri harakatlarni amalga oshirishda davom etishdi. Menimcha, bir ochko — biz olishimiz kerak bo‘lgan minimum edi.
Ehtimol, raqibning golida dastlab Mateus Kunyaga nisbatan fol bo‘lgandi. Bu fikrni qo‘llab-quvvatlashga asoslar bor», — deya mankunianliklar ustozi so‘zlarini keltiradi BBC.
Kerrik: «Menimcha, g‘alaba qozonish uchun yetarlicha harakat qildik»
Futbol
21 sentabr, 05:37
8
«MYU» bosh murabbiyi «Fulhem» bilan durangdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Foto: Getty Images
20.09.2026
FT
Angliya Premer-ligasi
Fulhem
1
:
1
Manchester Yunayted
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi