«Manchester Yunayted» klubi «Nyukasl» himoyachisi Lyuis Hollni transfer qilish imkoniyatini deyarli boy bergan.
Football Insider nashri xabar berishicha, angliyalik 22 yoshli futbolchi yozgi transfer oynasida Maykl Kerrik jamoasining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lgan, biroq «qarg‘alar» uni sotishni istamagan. Keyinchalik Lyuis jamoasi bilan shartnomasini uzoq muddatga uzaytirgan. Bu esa vaziyatni yanada murakkablashtirgan.
Bundan tashqari, futbolchining o‘zi ham, klub ham «Old Trafford»ga ko‘chib o‘tish imkoniyatiga ijobiy munosabat bildirmagan.
«MYU»ning sobiq bosh skauti Mik Braunning aytishicha, klub Holl uchun kurashni davom ettiradigan bo‘lsa, katta pul sarflashiga to‘g‘ri keladi. Shu sabab mankunianliklar muqobil variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda. Ulardan biri — «Kristal Pelas»ning chap qanot himoyachisi Tayrik Mitchell bo‘lib, uning amaldagi shartnomasi mavsum yakunida tugaydi.
Ma’lumot uchun, Holl 2023-yilda «Chelsi»dan «Nyukasl»ga kelib qo‘shilgan. Bu vaqt davomida u klub libosida barcha turnirlar doirasida 107 ta bahsda maydonga chiqqan.