«Chelsi» klubi «Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Uortonga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «ko‘klar» Enso Fernandesga o‘rinbosar izlamoqda. Xabi Alonso rejalarida Uorton joy olgan. Angliyalik 22 yoshli futbolchining transferi qishda amalga oshishi mumkin.
Qayd etilishicha, «Chelsi» Adamning transferini rasmiylashtirish uchun 93 million yevro sarflashga tayyor.
Avvalroq «Kristal Pelas» xavbek bo‘yicha 100 million yevrodan ortiq takliflarni ko‘rib chiqishini ma’lum qilgandi.
Ma’lum qilinishicha, londonliklar futbolchini o‘tgan yozda ham sotib olishga uringan, ammo kelishuv amalga oshmagan.
Adam 2024-yildan buyon «burgutlar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning bozor qiymati 70 million yevro atrofida baholanmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2029-yil yoziga qadar amal qiladi. Bu mavsumda Uorton APLning 4 ta uchrashuvida maydonga tushdi.