«Monako» markaziy yarim himoyachisi Lamin Kamara Angliya Premer-ligasining bir qator top-klublari qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, senegallik 22 yoshli futbolchini «Arsenal», «Chelsi» va «Liverpul» o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu klublar vakillari Kamaraning agenti bilan dastlabki muzokaralarni ham o‘tkazgan.
O‘z navbatida futbolchi ham «Monako»ni tark etib, Tumanli Albionga yo‘l olishga qarshi emas.
Avvalroq «Nyukasl» klubi ham Laminning transferiga da’vogarlik qilayotgani xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, Kamara 2024-yil yozidan beri «Monako» safida to‘p tepib kelmoqda. Uning monegasklar bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.