Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe «Barselona»ning 19 yoshli vingeri Lamin Yamal haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Lamin Yamal? O‘ylaymanki, u juda iqtidorli futbolchi va menda shunday bir tuyg‘u borki, uning faoliyati ajoyib bo‘ladi, deb o‘ylayman. Unga eng yaxshi tilaklarni tilab qolaman», - deya Mbappening so‘zlaridan iqtibos keltiradi Ispaniyaning AS nashri.
Ma’lumot uchun, Yamal barcha musobaqalarni hisobga olganda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031-yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 220 million yevroga baholamoqda.