Live
1
O'zbek

«Napoli» Mastantuonoga qiziqish bildirmoqda

Futbol
18 sentabr, 15:17
Hozirda 19 yoshli futbolchi ijara asosida «Fiorentina»da o‘ynamoqda.
«Napoli» Mastantuonoga qiziqish bildirmoqda
Фото: Getty Images

«Napoli» klubi argentinalik yarim himoyachi Franko Mastantuonoga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Hozirda 19 yoshli futbolchi ijara asosida «Fiorentina»da o‘ynamoqda. U huquqiy jihatdan «Real»ga tegishli hisoblanadi.

«Napoli» rahbariyati Mastantuononing vakillari bilan aloqaga chiqib, ehtimoliy transfer imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Ma’lumot uchun, Mastantuono 2026-yil yozida «Real»dan «Fiorentina»ga ijaraga o‘tgan.

Argentinalik futbolchining Italiyadagi mavsumi esa juda sermahsul boshlandi. U «Venezia»ga qarshi uchrashuvda het-trik qayd etib, «Fiorentina»ga 4:2 hisobidagi g‘alabani ta’minladi. Bu Mastantuononing professional faoliyatidagi ilk het-trigi bo‘ldi.

Umuman, Mastantuono «Fiorentina»dagi dastlabki beshta uchrashuvida to‘rtta gol urgan. Uning «Real» bilan shartnomasi esa 2031-yilgacha amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fiorentina Fiorentina
Bugungi yangiliklar