«Fiorentina»ning argentinalik yangi futbolchisi Franko Mastantuono «Venetsiya»ga qarshi uchrashuvda het-trik qayd etdi. «Binafsharanglilar» 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Ushbu natijadan so‘ng Mastantuono 19 yosh-u 28 kunligida «Fiorentina» safida A Seriyaning bitta o‘yinida birdan ortiq gol urgan klub tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.
Avvalgi rekord 1974 yil mart oyida o‘rnatilgandi. O‘shanda Klaudio Dezolati 19 yosh-u 52 kunligida «Torino» darvozasiga ikkita gol urgan.
Italiya chempionatining navbatdagi turida «Fiorentina» 20 sentabr kuni «Napoli»ga qarshi maydonga tushadi.