Live
1
O'zbek

Keynning Bundesligadagi gollari soni 100 taga yetdi

Futbol
18 sentabr, 16:01
Angliyalik 32 yoshli futbolchi ushbu marraga bor-yo‘g‘i 98 ta uchrashuvda yetib keldi.
Keynning Bundesligadagi gollari soni 100 taga yetdi
Фото: Getty Images
18.09.2026 FT Bundesliga Germaniya Bavariya Bavariya 7 : 0 Yunion Yunion

«Bavariya» klubi hujumchisi Garri Keyn Germaniya chempionatidagi gollari sonini 100 taga yetkazdi. Forvard bu natijaga Bundesliga tarixidagi boshqa futbolchilardan tezroq erishdi.

Keyn yubiley golini Germaniya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan «Union»ga qarshi uchrashuvda kiritdi. Hujumchi 39-daqiqada belgilangan penal’tini aniq amalga oshirib, yubiley golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

E’tiborlisi, angliyalik 32 yoshli futbolchi ushbu marraga bor-yo‘g‘i 98 ta uchrashuvda yetib keldi.

Shuningdek, Garri Germaniya kubogi doirasida ketma-ket 7 ta o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, Keyn 2023 yil yozida «Tottenhem»dan «Bavariya»ga ko‘chib o‘tgan edi. Futbolchining klub bilan amaldagi bitimi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Avvalroq «Bavariya» Keyn bilan amaldagi kelishuvni 2030 yilga qadar uzaytirishga yaqin ekanligi xabar qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Yunion Yunion
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar