Live
1
O'zbek

Kompani: «Hatto top futbolchilarga ham iste’dodning o‘zi yetarli emas»

Futbol
18 sentabr, 23:15
    2
«Bavariya» bosh murabbiyi «Union Berlin»ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Kompani: «Hatto top futbolchilarga ham iste’dodning o‘zi yetarli emas»
Foto: Getty Images
18.09.2026 FT Bundesliga Germaniya Bavariya Bavariya 7 : 0 Yunion Yunion

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Bundesliganing 4-turi doirasida «Union Berlin» ustidan qozonilgan 7:0 hisobidagi o‘ta yirik g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Uchrashuvda Maykl Olise het-trik qayd etdi, Harri Keyn dublga erishdi. Jamol Musiala va Ismoil Saybari esa bittadan gol urdi.

«Albatta, bunday ajoyib g‘alabadan juda xursandmiz. Endi muxlislar Oktoberfestga yo‘l olishadi va bu ular uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi.

Bugun futbolchilar to‘p uchun qanchalik fidokorona kurashganini ko‘rdik. Albatta, Olise shunday gollarni uradi. Lekin u mashg‘ulotlarda hujumlarni yakunlash ustida ham juda ko‘p ishladi.

Hatto top futbolchilarga ham iste’dodning o‘zi yetarli emas. Buning ortida mashaqqatli mehnat yotadi», — dedi Kompani.

Ma’lumot o‘rnida, myunxenliklar ayni vaqtda 10 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Yunion Yunion
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar