Live
1
O'zbek

Olise klub miqyosidagi faoliyatida ilk bor het-trik qayd etdi

Futbol
19 sentabr, 01:15
    6
Bungacha Maykl faqat Fransiya milliy jamoasi safida bir oʻyinda uchta gol urgan.
Olise klub miqyosidagi faoliyatida ilk bor het-trik qayd etdi
Foto: Getty Images
18.09.2026 FT Bundesliga Germaniya Bavariya Bavariya 7 : 0 Yunion Yunion

«Bavariya» vingeri Maykl Olise Bundesligada «Union Berlin»ga qarshi oʻyinda (7:0) het-trik qayd etdi.

Fransiyalik futbolchi uchrashuvning 43, 73 va 76-daqiqalarida raqib darvozasini ishgʻol qildi. Bu 24 yoshli Olisening professional klub faoliyatidagi ilk het-trigi boʻldi.

Bungacha u faqat Fransiya milliy jamoasi safida bir oʻyinda uchta gol urgan. Olise iyun oyida Shimoliy Irlandiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida het-trik muallifi boʻlgandi.

Maʼlumot oʻrnida, bu mavsum Maykl Vensan Kompani jamoasi safida barcha musobaqalarda 7 ta oʻyin oʻtkazdi. Futbolchi ushbu bahslarda 8 ta gol va 3 ta assistni oʻz hisobiga yozdirib qoʻygan.

Qayd etish lozim, fransiyalik vinger 2024-yil yozidan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ayni vaqtda myunxenliklar 4 ta bellashuvdan soʻng 10 ochko toʻplagan holda Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Yunion Yunion
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar