Live
1
O'zbek

Bundesliga. «Bavariya» Myunxenda «Union» darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi, Olisedan het-trik

Futbol
18 sentabr, 16:18
Kompani jamoasi ushbu g‘alabadan so‘ng 1-o‘ringa ko‘tarildi.
Bundesliga. «Bavariya» Myunxenda «Union» darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi, Olisedan het-trik
Фото: Getty Images
18.09.2026 FT Bundesliga Germaniya Bavariya Bavariya 7 : 0 Yunion Yunion

Germaniya chempionatining 4-turida «Bavariya» klubi o‘z maydonida «Union»ni qabul qildi. Unda Vensan Kompani jamoasi raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi.

Maykl Olise het-trikka erishdi. Harri Keyn esa dublni rasmiylashtirdi. Angliyalik forvard Bundesligadagi yubiley 100-golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Jamol Musiala va Ismoil Saybari bittadan golni o‘z hisoblariga yozib qo‘yishdi.

Shu tariqa, «Bavariya» ochkolari sonini 10 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamga aylandi. 1 ochkosi bor «Union» esa 16-pog‘onani egallagan.

Bundesliga. 4-tur
Bavariya – Union 7:0
Gollar:
Musiala 18, Keyn 39 penalti, 54, Olise 43, 73, 76, Saybari 70.
Bavariya:
Noyer, Stanisich, Upamekano (Min Je, 46), Ta, Devis (Braun, 83), Kimmix, Pavlovich (Bishof, 63), Olise, Musiala, Luis Dias (Saybari, 63), Keyn (Gnabri, 77).
Union: Ryonnov, Rote, Udohay, Kverfeld, Trimmel (van de Bosh, 71), Hedira, Ebisher, U Yon, Shefer, Haberer (Kemayn, 60), Lat (Skark, 46).
Ogohlantirishlar: Upamekano 45+2 – Udohay 38, Hedira 42, Burku 78.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Yunion Yunion
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar