Live
1
O'zbek

Rasman: Malasia «Sinsinnati»ga oʻtdi

Futbol
18 sentabr, 15:47
U «qizil iblislar» safida barcha turnirlar doirasida 50 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Rasman: Malasia «Sinsinnati»ga oʻtdi
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Tyrell Malasia faoliyatini AQShning «Sinsinnati» klubida davom ettiradi.

Niderlandiyalik 27 yoshli chap qanot himoyachisi MLS vakili bilan 2027 yilning yoziga qadar bitim imzoladi. «Sinsinnati»da shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham bor.

Malasia «Sinsinnati» safiga erkin agent sifatida qoʻshildi. U 2026 yil yozida «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin klubsiz qolgan edi. U «qizil iblislar» safida barcha turnirlar doirasida 50 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Malasia «Feyenoord» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U rotterdamliklar asosiy jamoasida 137 ta uchrashuvda ishtirok etgan. 2022 yil iyul oyida himoyachi «Manchester Yunayted»ga koʻchib oʻtgan. Jarohatlar sabab jamo deagi oʻrnini yoʻqotgandi.

«Sinsinnati» bosh menejeri Kris Olbrayt Malasianing tajribasini yuqori baholadi.

«Tyrell kabi tajribali futbolchini jamoaga qoʻshganimizdan mamnunmiz. U futbolning eng yuqori darajasida oʻynagan va bunday darajadagi raqobat talablarini yaxshi biladi. Uning toʻp bilan muomalasi, himoyadagi harakatlari va jamoa manfaatini birinchi oʻringa qoʻyadigan yondashuvi biz uchun muhim qoʻshimcha boʻladi», — dedi Olbrayt.

Bugungi yangiliklar