«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn argentinalik Lionel Messi va portugaliyalik Krishtianu Ronaldu erishgan yutuqlarni takrorlash mumkinligi haqida izoh berdi.
Faoliyati davomida Keyn ikki marta Yevropa ligalarining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. Agar u buni uchinchi marta amalga oshirsa, Messi va Ronaldu qayd etgan natijalardan birini takrorlaydi. Ulardan boshqa hech kim «Oltin butsa»ni uch marta yutmagan.
«Messi va Ronaldu butun bir avlod davomida futbolda hukmronlik qilishgan. Ular tarixdagi eng yaxshilardan biri. Bir ro‘yxatda ular bilan yonma-yon bo‘lishning o‘zi o‘zgacha. Bu mening maqsadlarimdan biri. Hujumchidan har doim gol kutiladi. Albatta, «Oltin butsa» mening yagona maqsadim emas, lekin agar uni qo‘lga kiritsam, jamoaga yordam berishimni tushunaman», - deya Keyn so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca.
Ma’lumot uchun, yangi mavsumda Keyn barcha musobaqalarda 6 ta o‘yinda 4 ta gol urishga erishdi va 1 ta golli uzatma yetkazib berdi.