Angliya Premyer-ligasining 5-tur uchrashuvlari start oldi. Turning ilk bellashuvida «Chelsi» mehmonda «Brentford»ga qarshi o‘ynadi. Unda mezbonlar 3:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
Bellashuvda dastlab 61-daqiqada Entoni hisobni ochdi. 83-daqiqada braziliyalik forvard Igor Tiago farqni ikkitaga oshirdi. 90+5-daqiqada Karvalyu yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Bu natijadan so‘ng «Brentford» 9 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Chelsi» esa ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olib, 7 ochko bilan 7-pog‘onada bormoqda.
Ma’lumot uchun, «ko‘klar» APLning 6-turida 10-oktabr kuni «Bornmut»ni uyda qabul qiladi. «Brentford» esa shu kuni «Aston Villa» mehmoni bo‘ladi.
APL. 5-tur
Brentford — Chelsi 3:0
Gol: Entoni 61, Tiago 83, Karvalyu 90+5.
Brentford – Kelleher, Kayode (Hiske, 69), Shuster, Ayer, Luis-Potter (Diuf, 81), Yarmolyuk (Sangare, 69), Vitaliy Yanelt, Entoni (Outtara, 81), Damsgor (Karvalyu, 87), Shade, Igor Tiago.
Chelsi – Emiliano Martinez, Colwill, Fofana (Achimpong, 72), Maksens Lakrua, Pedro Neto (Estevao, 87), Barko, Henderson, Rogers, Palmer, Welbek (Kende, 72).
Ogohlantirishlar: Tiago 84, Sangare 85.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi