«Chelsi» APLda ketma-ket 22 ta o‘yindan buyon o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olmayapti.
Xabi Alonso jamoasi chempionatning 5-turi doirasida «Brentford»ga yirik 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. E’tiborlisi, londonliklar APLda so‘nggi bor 17-yanvar kuni aynan «Brentford»ga qarshi bahsda (2:0) gol o‘tkazib yubormasdan g‘alaba qozongandi.
Shuningdek, «Chelsi» 2026-yilda APLning boshqa barcha jamoalaridan ko‘proq (43 ta) gol o‘tkazib yubordi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Kristal Pelas» 42 ta, «Nyukasl» va «Tottenhem» esa 39 tadan gol o‘tkazib yuborgan.
Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda Alonso shogirdlari Angliya chempionatida 7-pog‘onani band etib turibdi. Jamoa hisobida esa 7 ochko mavjud.
Qayd etish lozim, London klubi navbatdagi bellashuvini APL doirasida «Bornmut»ga qarshi o‘tkazadi. Bahs 10-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi