Live
1
O'zbek

Liga 1. «Monako» «Lens»ni mag‘lub etib, 1-o‘ringa qaytdi

Futbol
18 sentabr, 17:22
    6
Fransiya chempionatida 5-tur o‘yinlari start oldi.
Liga 1. «Monako» «Lens»ni mag‘lub etib, 1-o‘ringa qaytdi
Фото: Getty Images
18.09.2026 FT Liga 1 Fransiya Monaco Monaco 2 : 1 Lens Lens

Fransiya chempionatida 5-tur uchrashuvlariga start berildi. turning ilk bellashuvida «Monako» klubi «Lens»ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Brunner dastlab monегasklarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda Yudol muvozanatni tikladi. Ammo mehmonlar futbolchisi 84-daqiqada Gradi avtogol muallifiga aylandi.

Shu tariqa, «Monako» 11 ochko bilan 1-o‘ringa qaytdi. «Lens» esa 5 ochko to‘plab, 10-o‘rinda bormoqda.

Ma’lumot uchun, monегasklar keyingi tur uchrashuvini 10 oktabr kuni uyda «Tuluza»ni qabul qiladi. «Lens» esa 9 oktabrda «Lion» bilan bellashadi.

Fransiya chempionati.
Monako – Lens 2:1
Gollar
: Brunner 32, Gradi 84 avtogol – Yudol 57.
Monako – Gradecki, Vanderson, Sane, Dayer, Kamara, Zakariya (Kabral, 76), Diop (Deturbe, 62), Golovin, Ablin (Balogun, 76), Brunner (Salisu, 90).
Lens – Risser, Antonio, Todibo (Gradi, 46), Yudol, Aguilar, Aydara (Bulatovich, 72), Kyuizans, Kadile (Skorash, 69), Toven, Suaresh (Torgan Azar, 58), Sima (Eduar, 58).
Ogohlantirishlar
: Kamara 71 – Toven 53.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Monaco Monaco
  • Lens Lens
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar