Bugun
35
O'zbek

Isak: «Liverpul»ga o‘tganimdan hech qachon afsuslanmaganman»

Futbol
18 sentabr, 17:43
Mersisaydliklar 2025-yilda shvetsiyalik forvardni «Nyukasl»dan 125 million funt evaziga sotib olgandi.
Isak: «Liverpul»ga o‘tganimdan hech qachon afsuslanmaganman»
Фото: Getty Images

«Liverpul» hujumchisi Aleksander Isak mersisaydliklar safiga o‘tganidan hech qachon afsuslanmaganini ma’lum qildi.

«Yo‘q, hech qachon. Bu haqda sira o‘ylamaganman. To‘g‘ri, jiddiy jarohat olishim men uchun og‘ir bo‘ldi. Uzoq muddatli jarohatni boshdan kechirgan har qanday futbolchi buni tushunadi. Ammo hozir ortga qarashdan foyda yo‘q. Men faqat oldinga qarayapman va bu mavsum bizga nimalar olib kelishidan juda umidvorman», — deya Isakning so‘zlaridan keltiradi BBC nashri.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» 2025-yilda shvetsiyalik forvardni «Nyukasl»dan 125 million funt evaziga sotib olgandi. Jamoadagi ilk mavsumida barcha turnirlar doirasida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgandi. Bu mavsumda esa APL doirasida 4 ta bahsda 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, futbolchining Premyer-ligadagi umumiy gollari soni 60 taga yetgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar