Bugun
35
O'zbek

Aguero: «Ronaldu 1000-golini albatta uradi»

Futbol
18 sentabr, 17:54
41 yoshli hujumchining hisobida 979 ta gol bor.
Aguero: «Ronaldu 1000-golini albatta uradi»
Фото: Getty Images

Argentinalik sobiq futbolchi Serxio Aguero «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronalduning faoliyatidagi 1000-golga yetish maqsadi haqida fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik 41 yoshli hujumchining hisobida 979 ta gol bor. U Riyod klubi safida faoliyatini davom ettirmoqda.

«Ronaldu yana qancha vaqt o‘ynashini bilmayman, ammo unga atigi 21 ta gol qoldi. U buni albatta amalga oshira oladi. Uning mavsum yakunidan keyin faoliyatini davom ettiradimi yoki yo‘qmi, rejalari qandayligini bilmayman. Gol urish unchalik oson emas, ammo u buni muntazam ravishda uddalab kelmoqda. Bu jihatdan Ronaldu Leo Messiga o‘xshaydi — u maydonda bo‘lganida gol urish ehtimoli doimo yuqori. Agar u yana bir mavsum qolsa, minginchi golini urishiga ishonaman», — dedi Aguero.

Bu mavsumda Ronaldu 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. Shuningdek, u Portugaliya milliy jamoasiga ham chaqiruv oldi.

Bugungi yangiliklar