«Barselona» hujumchisi Rafinya kelajagini Kataloniya klubi bilan bog‘lash niyatida ekanini ma’lum qildi.
Braziliyalik futbolchi amaldagi shartnomasini yana uzaytirishga va imkon qadar faoliyatining qolgan qismini «Barselona»da o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.
«Ha, shartnomamni yana bir oz uzaytirishni va boshqa klubga o‘tmasdan faoliyatimni shu yerda yakunlashni istardim», — deya Rafinyaning so‘zlarini keltiradi Marca nashri.
Ma’lumot uchun, «Barselona» sport direktori Dеку ham avvalroq klub braziliyalik hujumchining o‘yinidan mamnun ekanini va uning 2028-yildan keyingi kelajagi bo‘yicha muzokara olib borishni istashini tasdiqlagan.
Bu mavsumda braziliyalik futbolchi La Liganing 5 ta bahsining barchasida gol urdi. Hozirda uning gollari soni 8 tani tashkil etmoqda. Futbolchi «Rasing»ga (7:2) qarshi 7 bahsda het-trik muallifiga aylandi.