Live
2
O'zbek

Yamal: «Men Mbappeni barcha sovrinlar bo‘yicha ortda qoldirdim – xo‘sh, dunyoda eng zo‘ri kim?»

Futbol
18 sentabr, 11:33
«Barselona» vingeri madridliklar forvardi bilan qarama-qarshiligi haqida fikr bildirib o‘tdi.
Yamal: «Men Mbappeni barcha sovrinlar bo‘yicha ortda qoldirdim – xo‘sh, dunyoda eng zo‘ri kim?»
Foto: Gettyimages

«Barselona» vingeri Lamin Yamal «Real Madrid» futbolchisi Kilian Mbappe bilan to‘qnashuvi haqida gapirdi.

«Men barcha sovrinlar bo‘yicha Kilian Mbappeni ortda qoldirdim. Xo‘sh, dunyodagi eng yaxshi o‘yinchi kim? Xo‘sh, bu siz kuzatadigan va chin dildan zavqlanadigan o‘yinchi. Ehtimol, ikkimizni dunyodagi eng yaxshi deb hisoblash mumkin, lekin men bu yil [«Oltin to‘p»ga] loyiqman deb hisoblayman», - deya Yamalning so‘zlaridan iqtibos keltirdi The Touchline.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili ham Lamin Yamal «Oltin to‘p»ga jiddiy da’vogar edi. «Barselona»ning iqtidorli futbolchisi o‘shanda ovoz berishda Usmon Dembelaga imkoniyatni boy berib, ikkinchi o‘rinni egallagan edi.

Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p» sovrinini topshirish marosimi 26-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar