Bugun
35
O'zbek

«Bavariya» Olmoni transfer maqsadiga aylantirdi

Futbol
18 sentabr, 18:00
Myunxen klubi avval ham Danini qo‘lga kiritishga uringan
«Bavariya» Olmoni transfer maqsadiga aylantirdi
Фото: Getty Images

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoaning hujum chizig‘ida ko‘proq variantlarga ega bo‘lishni istamoqda.

Bild nashri xabar berishicha, Myunxen klubi «Barselona» yarim himoyachisi Dani Olmoni o‘z transfer maqsadlari ro‘yxatiga kiritdi.

Qayd etilishicha, belgiyalik mutaxassis hujumdagi mavjud futbolchilarning holatini hisobga olmoqda. U Harri Keyn va Serj Gnabrining yoshi, Jamol Musialaning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolaridan xavotirga tushgan. Shuningdek, Luis Diasning beqaror o‘yinlari murabbiyni tarkibni kuchaytirish haqida o‘ylashga undamoqda.

«Bavariya» avval ham Olmoni qo‘lga kiritishga uringan, ammo muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Shunga qaramay, ispaniyalik futbolchi myunxenliklar e’tiboridan chetda qolmagan. Klub Danining transferi uchun 70 million yevro sarflashga tayyor.

Biroq Kataloniya klubi ham Olmo borasida bir qarorga kelmagan. Hansi Flik ispaniyalik yarim himoyachini jamoada olib qolishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar