Bugun
35
O'zbek

«Arsenal» va «MYu» Mazaga qiziqish bildirmoqda

Futbol
18 sentabr, 18:13
Leverkuzen klubi uning transfer qiymatini 70 million yevro deb baholamoqda.
«Arsenal» va «MYu» Mazaga qiziqish bildirmoqda
Фото: Getty Images

«Arsenal» va «Manchester Yunayted» klublari «Bayer» yarim himoyachisi Ibrohim Mazaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, jazoirlik 20 yoshli futbolchi Bundesligadagi o‘yinlari orqali Yevropaning bir qator yirik klublari e’tiborini tortgan.

Qayd etilishicha, «Arsenal» va «MYu»dan tashqari, «Manchester Siti» va «Atletiko» jamoalari ham futbolchiga qiziqish bildirgan va uning atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.

Ma’lumot uchun, Maza 2025 yil yozida «Herta»dan «Bayer»ga ko‘chib o‘tgan. Leverkuzen klubi uning transfer qiymatini 70 million yevro deb baholamoqda. Shunga qaramay, klub Ibrohim bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga shoshilmayapti.

Futbolchining «dorishunoslar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Maza Jazoir milliy jamoasi safida hozirga qadar 21 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar