Live
6
O'zbek

Arteta «Arsenal» bilan yangi shartnoma imzolash borasida gapirdi

Futbol
18 sentabr, 09:20
Londonliklar ustozi tashvishlanishga o‘rin yo‘qligini ma’lum qildi.
Arteta «Arsenal» bilan yangi shartnoma imzolash borasida gapirdi
Foto: Gettyimages
19.09.2026, 10:00 Angliya Premer-ligasi Brayton Brayton - : - Arsenal Arsenal

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta ikki yil avval bo‘lgani kabi milliy jamoalar o‘yinlari uchun kuzgi tanaffus paytida shartnomani yana uzaytirishi mumkinmi, degan savolga javob berdi.

«O‘ylaymanki, bu masalada hammamiz mutlaqo bir butunmiz va qulay payt kelganda hammasini rasmiylashtiramiz. Bu yerda xavotirga o‘rin yo‘q. Muddatlar o‘tgan safargidek bo‘ladimi-yo‘qmi, bilmayman. Klub bilan ambitsiyalarimiz va maqsadlarimiz bir xil. Vaqtimiz bo‘lganda bu masalani hal qilamiz», - dedi Arteta matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, 19-sentyabr, shanba kuni «Arsenal» Premer-liga 5-turi doirasida mehmonda «Brayton»ga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Brayton Brayton
  • Arsenal Arsenal
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar