15 yoshli iste’dodli hujumchi Jey-Jey Gabriel «Manchester Yunayted»ni tark etmoqchi.
Daily Mail nashri ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining yaqinlari uning mavsumoldi tayyorgarligi davomida deyarli o‘ynamaganidan va hanuz asosiy jamoa safida rasmiy bahsda debyut qilish imkoniyati berilmaganidan norozi.
Gabriel «Brayton»ga qarshi Liga kubogi o‘yini uchun qaydnomaga kiritilishi kutilgandi, ammo endi, ehtimol, bu amalga oshmaydi.
Jey-Jeyga Ispaniyaning ikki top-klubi — «Barselona» va «Real» da’vogarlik qilmoqda. Shuningdek, hujumkor futbolchini Angliyaning yetakchi jamoalari ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Biroq ularning fikricha, ehtimol, barchasi kataloniyaliklar va madridliklar o‘rtasida hal bo‘ladi.
Gabriel Irlandiya pasportiga ega bo‘lgani sababli 16 yoshga to‘lganidanoq Yevropa klublariga o‘tish huquqiga ega. Angliya fuqarolari uchun esa bu chegara 18 yoshni tashkil etadi. Agar shunday transfer amalga oshsa, «MYU» atigi 300 ming funt atrofida tovon puli oladi.
Shuningdek, «Yunayted» hujumchi bilan mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish niyatida emasligi ta’kidlangan.
«MYU» 15 yoshli iste’dodni arzimas narx evaziga qo‘yib yuborishi mumkin
Futbol
16 sentabr, 10:24
«Barsa» va «Real» da’vogarlik qilayotgan Jey-Jey Gabriel mankunianliklar mashg‘ulotlarida qatnashmay qo‘ydi.
Foto: Getty Images