Live
1
O'zbek

“Koventri” 107 yilda ilk bor APLni ketma-ket 4 magʻlubiyat bilan boshladi

Futbol
14 sentabr, 04:32
Jamoa bungacha faqat ilk mavsumida shunday yomon koʻrsatkich qayd etgandi.
“Koventri” 107 yilda ilk bor APLni ketma-ket 4 magʻlubiyat bilan boshladi
Foto: Getty Images
13.09.2026 FT Angliya Premer-ligasi Koventri Siti Koventri Siti 0 : 5 Brayton Brayton

“Koventri” mavsumni juda omadsiz boshladi.

Frenk Lempard boshqarayotgan jamoa APLda ketma-ket toʻrtinchi magʻlubiyatini qabul qildi — “Brayton”ga 0:5 hisobida yutqazdi. Bungacha “osmonranglilar” “Manchester Siti” (0:1), “Hall” (0:1) va “Arsenal”ga (0:3) imkoniyatni boy bergandi.

“Koventri”ning chempionatni ketma-ket toʻrtta magʻlubiyat bilan boshlashi 1919/20 yilgi mavsumdan buyon ilk bor kuzatildi. Klub oʻz tarixidagi birinchi mavsumda ham shunday yomon koʻrsatkich qayd etgandi.

Gol urmagan va ochko olmagan jamoa turnir jadvalida soʻnggi oʻrinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Koventri Siti Koventri Siti
  • Brayton Brayton
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar