Bugun
26
O'zbek

Kerrik Holandning goli haqida: “Vaziyatlar bunday talqin qilinayotgani xavotirli”

Futbol
13 sentabr, 23:48
    5+
“MYU” bosh murabbiyi derbidagi magʻlubiyatdan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
Kerrik Holandning goli haqida: “Vaziyatlar bunday talqin qilinayotgani xavotirli”
Foto: Getty Images
13.09.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Yunayted Manchester Yunayted 0 : 1 Manchester Siti Manchester Siti

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Maykl Kerrikdan “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandning derbida gʻalaba keltirgan bahsli golidan soʻng hayron qolgani haqida soʻrashdi.

“Hatto hayron qolishdan ham kuchliroq. Hozir futbolda hakamlarga yordam berish uchun barcha sharoitlarni yaratyapmiz: koʻplab ekranlar, koʻplab mutaxassislar bor. Agar vaziyatlar aynan shu tarzda talqin qilinadigan boʻlsa, bu ancha katta xavotirlarga sabab boʻladi. Agar bu "oʻyinga taʼsir qilmaslik” deb baholansa, Enso himoyachimizning yonida — toʻpdan atigi bir dyuym masofada turganini hisobga olsak, bu — aqlbovar qilmas qaror. Men buni birinchi koʻrganimdayoq tushuna olmadim, berilgan izoh esa vaziyatni yanada ogʻirlashtirdi. Aqlga sigʻmaydi.

Oldinda hali uzoq mavsum bor. Gʻalabalarga qaytishimiz kerak, ammo bugungi qaror bizga bogʻliq emasdi. Albatta, shundan keyin vaziyatlar yaratish va gol urish oʻzimizga! bogʻliq edi. Imkoniyatlar boʻldi. Bu oson emas, ammo bunday holatlarni avval ham koʻrgansiz. Bunday muhim oʻyinlarda hal qiluvchi vaziyatlar juda katta ahamiyatga ega va bugun ham aynan shunday boʻldi.

Koʻproq vaziyatlar yaratishimiz mumkin edi. Biz yaxshi jamoamiz, shuning uchun yana gʻalabalar yoʻliga qayta olamiz
", — deya “qizil iblislar” ustozining soʻzlarini keltiradi NBO Sports.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar