Live
1
O'zbek

Mareska: «Holand maydonda nafaqat gollar uradi»

Futbol
13 sentabr, 04:13
«Shaharliklar» ustozi norvegiyalik hujumchi bajaradigan ish ko‘lamini e’tirof etdi.
Mareska: «Holand maydonda nafaqat gollar uradi»
Foto: Gettyimages

«Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Enso Mareska hujumchi Erling Holand bajaradigan ish ko‘lamini e’tirof etdi.

26 yoshli norvegiyalik yangi mavsumning 5 o‘yinida 5 ta gol urishga ulgurdi. Kuni kecha jamoa Chempionlar ligasi dastlabki turidi forvard «Portu» darvozasiga 2 ta to‘p kiritib (2:0), «shaharliklar»ga g‘alaba keltirdi.

«Erling nafaqat gol urmoqda, balki astoydil mehnat qilmoqda. Epizodlardan birida «Portu»ga qarshi bahsja u 80 metr masofani shunchaki to‘pni jamoa qaytarib olishi uchun bosib o‘tdi va bu uning maydonda muhimlilik darajasi faqatgina gollar bilan o‘lchanmasligi, balki u chinakam yetakchiligini ko‘rsatib beradi. Holand har bir bahsda g‘alaba qozonishni istaydi», – deya Mareska so‘zlaridan iqtibos keltirdi City Xtra.

Eslatib o‘tamiz, bugun 20:30 APL 4-turi doirasida «Siti» derbida «Manchester Yunayted»ga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar