Live
1
O'zbek

Gattuzo: «O‘zimni karantin davrlariga qaytib qolgandek his qildim»

Futbol
13 sentabr, 03:13
Rimliklar ustozi «Milan»ga qarshi bo‘sh tribunalarda o‘tgan o‘yinda g‘alati hislarni boshdan kechirganini tan oldi.
Gattuzo: «O‘zimni karantin davrlariga qaytib qolgandek his qildim»
Foto: Gettyimages
12.09.2026 FT Italiya A seriyasi Lasio Lasio 2 : 2 Milan Milan

Rimning «Latsio» klubi ustozi Jennaro Gattuzo «Milan»ga qarshi bo‘sh tribunalarda o‘tgan o‘yinda g‘alati hislarni boshdan kechirganini tan oldi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa ishqibozlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaslikni to‘laqonli his qilgan.

«Bugun muxlislar Formelloga kelib, bizni stadionga qadar kuzatib qo‘yishdi — bu yigitlarning xizmati. Biz bugungidek o‘yin namoyish etishda davom etishimiz kerak, qolganini esa vaqt ko‘rsatadi. Men uchun bo‘sh stadionlardagi futbol — bu futbol emas, lekin bu borada biz ojizmiz. Ishlashda davom etamiz. Go‘yoki kovid davrlariga qaytib qolgandek his qilyapman: bizga muxlislar juda yetishmayapti», — deya Gattuzoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi pianetamilan.it nashri.

Eslatib o‘tamiz, «Latsio» A Seriyaning 4-tur bellashuvida «Milan» bilan durang qayd etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lasio Lasio
  • Milan Milan
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar