Bugun
67
O'zbek

Messi qatorasiga 7 o‘yindan buyon maydonni samarali harakatsiz tark etmayapti

Futbol
13 sentabr, 01:35
    10+
Leo to‘purarlar reytingida ham, assistentlar ichida ham yaqqol yetakchi.
Messi qatorasiga 7 o‘yindan buyon maydonni samarali harakatsiz tark etmayapti
Foto: Gettyimages

«Inter Mayami» klubi hujumchisi Lionel Messi navbatdagi tur o‘yinida ham maydonni samarali harakatsiz tark etmayapti. 39 yoshli futbolchi MLS doirasidagi «Neshvill»ga qarshi o‘yinning 62-daqiqasida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Leo jamoasini hisobda oldinga olib chiqqaniga qaramay, yakunda mayamiliklar g‘alabani qo‘ldan chiqarishdi. «Neshvill» safida Sem Sarrij dublga erishdi.

Ma’lumot uchun, Messi qatorasiga 7 o‘yindan buyon maydonni samarali harakatsiz tark etmayapti. Bu oraliqda argentinalik 6 ta gol urdi va 4 ta samarali uzatma yetkazib berdi.

Lionel Messi MLS to‘purarlari ro‘yxatida yetakchi bo‘lib turibdi. Uning hisobida 19 ta gol bor. Shuningdek, argentinalik assistentlar reytingida ham 11 ta uzatma bilan yetakchilik qilmoqda.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh +4 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar