MLS muntazam chempionatining uy uchrashuvida «Orlando» «Toronto» klubini qabul qildi. Mezbonlar Kanada jamoasi ustidan 3:0 hisobida ishonchli g‘alabani tantana qildi.
«Orlando» safida taniqli fransiyalik hujumchi Antuan Grizmann gol urdi. 35 yoshli futbolchi ketma-ket 5-o‘yinda ham gol urmoqda.
Grizmann ushbu mavsum o‘nta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Antuan erkin agent sifatida «Atletiko Madrid»dan «Orlando» safiga borib qo‘shilgan. 35 yoshli fransiyalik yangi jamoasi bilan ikki yillik mehnat shartnomasini imzolagan. Uning transfer narxi 8 million yevroga baholanmoqda.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi