Live
1
O'zbek

Ribakina 2000-yildan buyon bir mavsumda ham AO, ham US Open turnirlarida g‘olib chiqqan 3-tennischi bo‘ldi

Tennis
13 sentabr, 02:59
Dunyoning endilikda birinchi raketkasi AQSH Ochiq chempionati g‘olibasiga aylandi.
Ribakina 2000-yildan buyon bir mavsumda ham AO, ham US Open turnirlarida g‘olib chiqqan 3-tennischi bo‘ldi
Foto: Gettyimages

Dunyoning endilikda birinchi raketkasi Yelena Ribakina 2026-yilgi AQSH Ochiq chempionati g‘olibasiga aylandi. U 2000-yildan beri bir mavsumda Australian Open va US Open turnirlarida zafar quchgan uchinchi ayol tennischiga aylandi. Birinchisi germaniyalik Anjelika Kerber (2016-yil), ikkinchisi esa Arina Sobolenko (2024-yil) edi.

Bu 27 yoshli sportchining «Katta dubulg‘a» turkumidagi musobaqalardagi uchinchi chempionligidir.

US Open finalida Ribakina dunyoning avvalgi birinchi raketkasi, belaruslik Arina Sobolenkoni 6:4, 5:7, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bundan avval Yelena 2022-yilgi Uimbldon va 2026-yil Australian Open g‘olibiga aylangan edi. Shuni ta’kidlash joizki, u 2025-yilda WTA Yakuniy turnirida ham g‘olib chiqqan.

Ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida US Open – 2026 turniri 30-avgustdan 12-sentyabrga qadar bo‘lib o‘tdi.

Bugungi yangiliklar