«Milan» vingeri Diyego Moreyra A Seriya doirasidagi «Latsio»ga qarshi bahsda (2:2) dubl qayd etdi. Belgiyalik futbolchi tanaffusdan keyin zaxiradan maydonga tushdi, «rossoneri» birinchi bo‘limdan keyin 0:2 hisobida ortda borayotgandi, 65 va 67-daqiqalardagi goli orqali Diyego jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Opta portali ma’lumotlariga ko‘ra, Moreyra u A Seriya o‘yinida (2004/05-yilgi mavsumdan buyon) zaxiradan maydonga tushganidan keyin ikkita gol urgan «Milan»ning eng yosh futbolchisiga (22 yosh-u 37 kun) aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Diyego Moreyra «Milan» safiga shu yilning avgust oyida Fransiyaning «Strasburg» jamoasi tarkibidan borib qo‘shildi. Transfer italiyaliklarga 50 mln yevroga tushdi.
Ma’lumot uchun, Ruben Amorim jamoasi 16 sentyabr kuni Yevropa Ligasi doirasida «Benfika» bilan ro‘baro‘ kelsa, 20 sentyabr kuni chempionat navbatdagi turida «Lechche» bilan bahs olib boradi.