Bugun
67
O'zbek

Arteta gol urgan Gimaraesning o‘yiniga baho berdi

Futbol
13 sentabr, 00:04
Londonliklar ustozi braziliyalik yarimhimoyachining o‘yinga yuqori baxo berdi.
Arteta gol urgan Gimaraesning o‘yiniga baho berdi
Foto: Gettyimages

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiy Mikel Arteta yarimhimoyachi Bruno Gimaraesning «Sanderlend»ga qarshi bahsda (2:0) urgan goli va umumiy o‘yiniga baho berdi.

Braziliyalik futbolchi 58-daqiqada uzoq masofadan ajoyib zarba bilan hisobni ochdi. Bu yulduz yarimhimoyachining «to‘pchilar» safidagi ilk goli hisoblanadi.

«Ajoyib gol, ammo Brunoning xarakterini ham e’tirof etish zarur – uning [«Nyukasl»dagi] o‘tmishini inobatga olsak, u uchun bu alohida ahamiyat kasb etuvchi bahs edi. O‘yinni o‘z zimmasiga olishi, qabul qilgan qarorlarini ta’kidlash zarur. Uning goli va Bukayoga uzatmasi ajoyib bo‘ldi. Men haqiqatan ham hayratdaman», – deya Arteta so‘zlaridan iqtibos keltirdi jurnalist Konnor Hamm.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» hamon ochko yo‘qotmadi va 12 ochko bilan Premer-ligada yetakchilik qilmoqda.

Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar