Bahs Fort-Loderdeyldagi «Di-Er-Vi Pi-En-Ka Stedium» stadionida bo‘lib o‘tdi va 2:2 hisobida yakunlandi.
«Neshvill» safida Sem Sarrij dubl rasmiylashtirgan bo‘lsa. Jamoaning boshqa bir a’zosi Rid Beyker-Uayting avtogol sohibiga aylandi.
«Inter Mayami»ning yana bir golini argentinalik hujumchi Lionel Messi urishga muvaffa bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, «Inter Mayami» MLSdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 4 ta o‘yingacha uzaytirdi – g‘alaba va 3 ta durang. «Neshvill» esa g‘alabasiz seriyasini 3 ta o‘yingacha uzaytirdi — mag‘lubiyat va 2 ta durang.
Eslatib o‘tamiz, «Inter Mayami» keyingi turda 21-sentyabrda «San-Diyego» bilan, «Neshvill» esa 20-sentyabrda «Chikago Fayr» bilan bahs olib boradi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi