Live
2
O'zbek

Gundo‘g‘on «Galatasaroy»ni tark etishi mumkin

Futbol
12 sentabr, 17:16
Futbolchi «Galatasaroy» safiga 2025 yilda kelib qo‘shilgandi.
Gundo‘g‘on «Galatasaroy»ni tark etishi mumkin
Фото: Getty Images

«Galatasaroy» yarimhimoyachisi Ilkay Gundo‘g‘on qishda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Goal nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, germaniyalik futbolchiga AQSH va Saudiya Arabistonidan takliflar bor. Ilkay bu mavsumda Turkiya klubi safida atigi 11 daqiqa harakat qildi. Futbolchi jamoasini o‘zgartirish bo‘yicha o‘ylamoqda.

Ma’lumot uchun, futbolchi «Galatasaroy» safiga 2025 yilda kelib qo‘shilgandi. U o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Galatasaray Galatasaray
Bugungi yangiliklar