«An Nasr»ning sobiq yarimhimoyachisi Marselo Brozovich faoliyatini Qatar chempionatida davom ettiradi.
Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, «As Sadd» klubi xorvatiyalik 33 yoshli futbolchi bilan bir yillik bitim imzolash bo‘yicha kelishuvga erishgan. Tomonlar shartnomani yana bir yilga uzaytirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Hozirda hujjatlar ishlarini yakunlash qolgan.
Brozovichning transfer qiymati 8 million yevroga baholanmoqda. U o‘tgan mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 29 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta assist qayd etgan.