Jahon chempioni Emmanuel Peti Vinisiusning transferi nima uchun «Arsenal» zarariga ishlashi mumkinligini tushuntirib berdi.
«Arsenal» klubining sobiq yarimhimoyachisi, JCH-1998 chempioni Emmanuel Peti yozda paydo bo‘lgan mish-mishlar «Real Madrid» vingeri Vinisius Juniorning «to‘pchilar» safiga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.
«O‘ylashimcha, Vinisius haqiqatan ham iqtidorli futbolchi, ammo uning mentaliteti nuqtayi nazaridan u «Arsenal»ga mos kelishiga ishonchim komil emas. Bu shunchaki mening fikrim. «Arsenal»da juda ko‘p kamtarin o‘yinchilarni ko‘ryapman, shuning uchun to‘satdan butunlay boshqa toifa vakilini taklif qilsangiz, bu muammoga aylanishi mumkin, ayniqsa Artetaning boshqaruv uslubini inobatga oladigan bo‘lsak.
«Betis» va «Real» o‘rtasidagi so‘nggi o‘yinda Vinisius va Joze Mourinio o‘rtasida nima sodir bo‘lganini ko‘ring. Bu menga o‘tgan mavsumda Xabi Alonso uning qo‘lini siqishdan bosh tortganida nima bo‘lganini eslatib yubordi.
Vinisius muxlislar, matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘p tanqidlarga duchor bo‘ladi, ammo bunday paytlarda u noto‘g‘ri signal yuboradi. Menimcha, «Arsenal»ning bu vaziyatda omadi keldi. Men «Arsenal» tarkibida Vinisiusdek iqtidorli futbolchini ko‘rishni istardim, albatta, ammo uning mentaliteti va egosi bilan bu jamoada juda katta muammo keltirib chiqarardi», — deya Peti so‘zlaridan iqtibos keltirdi Boyle Sports.