Jahonning endilikda birinchi raketkasi, qozog‘istonlik Yelena Ribakina US Open-2026 musobaqasi finalida g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi bahsda Yelena belaruslik Arina Sobolenkoni 6:4, 5:7, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Tennischilar g‘olibni aniqlab olishlari uchun 2 soat 23 daqiqa talab etildi.
Ma’lumot uchun, US Open-2026 ayollar musobaqasi 30-avgustda start olib, 12-sentyabrgacha davom etdi.
Eslatib o‘tamiz, US Open o‘tgan yilgi mavsumida aynan Arina Sobolenko g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. 2025 yilgi musobaqa finalida Arina amerikalik Amanda Anisimovani taslim etgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi